TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab poytaxtning asosiy ko‘chalari bo‘ylab Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tdi.
“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida harbiy orkestr va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari bilan boshlagan tadbir harbiy bo‘linmalarining jangovar qo‘shiqlari ila piyoda yurish bilan davom etdi.