Yangilangan ekspozitsiya: kitob san’ati va zamonaviy miniatura

Kamoliddin Behzod nomidagi miniatura san’ati muzeyidagi doimiy ko‘rgazma yangi ekspozitsiyani taqdim etadi. Unda Sharq kitob san’ati tarixi va O‘zbekiston zamonaviy miniaturasi yutuqlari birlashtirilgan.
Sputnik
Yangilangan ekspozitsiya haqida
Kamoliddin Behzod nomidagi miniatura san’ati muzeyi 1997-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Toshkent markazidagi ikki qavatli binoda joylashgan. Birinchi qavatda ko‘rgazmalar o‘tkaziladi, ikkinchi qavat esa doimiy ekspozitsiyaga ajratilgan va uning yangilangan kolleksiyasi xaqida so‘z ketadi.
Yangilangan kolleksiya ikki bo‘limdan iborat:
Kitob san’ati tarixi va miniatura
XII–XIX asrlarga oid qo‘lozma kitoblar, Samarqand, Buxoro, Tibriz va boshqa markazlarda yaratilgan miniaturalarning faksimil nusxalari namoyish etiladi. Unikal eksponatlar qatorida XVII–XVIII asrlardagi Madina va Makka tasvirlari ham bor.
O‘zbekiston zamonaviy miniaturasi
Shomahmud Muhammadjonov va Niyozali Xolmatov kabi ustalarning ishlari an’anaviy san’at tiklanishini va yangi yo‘nalishlarni ko‘rsatadi. Lak miniaturalari, qo‘l mehnati bilan ishlangan ashyolar muzey zallarini bezab turibdi.
Muzey eksponatlari haqida ilk bor audio axborot taqdim etildi. Muzey miniatura san’ati merosi va zamonaviy yutuqlarga e’tibor qaratishda davom etmoqda.
1 / 14

“Najot uz-zokirin” (Zikr qiluvchilarning najoti). Qo‘lozma. XII asr. Xattot: Abu Bakir ibn Muhammad As-Sayloniy

2 / 14

Qadimiy kitob muqovalari. XVIII asr. (Karton, bo‘rttirma)

3 / 14

Muzey mehmoni

4 / 14

"Rustam va Suhrabning jangi". Niyozali Xolmatov. 2013-yil (Ipak qog‘oz, tempera)

5 / 14

Chapdan o‘ngga: “Shams” 2017, “Oyat al-Kursiy” 2023, “Zarvaraq” 2011 Ulug‘bek Orifjonov

6 / 14

"Oyat al-Kursiy" Ulug‘bek Orifjonov 2023-yil. (Qog‘oz, tempera, tush)

7 / 14

"Shahzoda ovda." Kamol Mirzayev. 2005-yil (Qog‘oz, tempera)

8 / 14

"Farhodning dev bilan jangi". Mirhamid Sobirov. 2005-yil (Qog‘oz, tempera)

9 / 14

“Shayx San’on – III” (triptix). Behzod Xojimetov. 2006-yil (Mato, tempera)

10 / 14

"Bazm" (so‘zana). 2003-yil (Shoyi iplar, tabiiy bo‘yoqlar, qo‘l choki "yurma").

11 / 14

"Shohnoma" (quticha). Shomaxmud Muhammajonov. 1982-yil (Toshqog‘oz, tempera, lok)

12 / 14

Muzey mehmoni

13 / 14

Manuchehrning malika xuzuriga kelishi (faksimil nusxa). XVI asr. Mashhad maktabi.

14 / 14

"As-safar min qaboil vad duval al-islomiya. "Tarixi kaboil al-arab" (arab qabilalari tarixi). Nodir qo‘lozma, XIV asr