Zelenskiy Janubiy Koreya raketalarini Ukrainaniki deb ko‘rsatdi

Vladimir Zelenskiy Janubiy Koreya raketalarini Ukrainaning “Sapsan” operativ-taktik majmuasi sifatida ko‘rsatdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukraina fuqarolariga 20 daqiqalik videomurojaati chog‘ida Janubiy Koreya raketalarini Ukrainaning “Sapsan” operativ-taktik majmuasi sifatida ko‘rsatdi. Tarmoq foydalanuvchilari qo‘pol xatoga e’tibor qaratdi.
Zelenskiyning ukrainalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan “Sapsan” operativ-taktik majmuasi haqidagi so‘zlari “Korea Defense Blog” YouTube kanalida olti yil oldin e’lon qilingan videodan parcha bilan tasvirlandi.
Tegishli kadrlarda Janubiy Koreya harbiylari Hyunmoo-2A va MGM-140 ATACMS ballistik raketalarini uchirayotgani ko‘rsatilgan. “Ukraina” raketasining uchirilishi ushbu videodan kesilgan.
“Sapsan” bizning raketalarimiz. Ukrainaniki”, — degan Zelenskiy videoga izoh berib.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy Trampdan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qildi — OAV