Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Qurolli kuchlari bir yilda 590 mingdan ortiq harbiylarini yo‘qotdi

Rossiya harbiy idorasining haftalik hisobotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari yil boshida haftasiga to‘rt mingga yaqin askarini yo‘qotgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. 2024-yilda Ukraina qo‘shinlarining yo‘qotishlari qariyb 593 410 kishini tashkil qilgan. Buni RIA Novostining Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga asoslangan hisob-kitoblari tasdiqlaydi.
Rossiya harbiy idorasining haftalik hisobotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari yil boshida haftasiga to‘rt mingga yaqin askarini yo‘qotgan. Martga kelib bu ko‘rsatkich yetti mingdan ko‘proqqa oshgan, biroq keyin biroz kamaygan.
Bundan tashqari, mart oyida Ukraina qurolli kuchlari Belgorod va Kursk viloyatlarida Rossiya chegarasini buzib o‘tishga uringan, buning natijasida ular yana uch mingga yaqin odamini yo‘qotgan.
Keyin Ukraina harbiy xizmatchilarining yo‘qotishlari yana ko‘paya boshlagan va may oyining oxiriga kelib birinchi marta haftasiga o‘n ming kishidan oshgan, shundan keyin hech qachon bu ko‘rsatkichdan pastga tushish kuzatilmagan.
Avgust oyida Kiyev Kursk viloyatidagi Rossiya hududiga bostirib kirishga uringan, shundan so‘ng Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari yanada oshgan.
Ukraina qo‘shinlari 26-oktabrdan 1-noyabrgacha bir hafta ichida eng ko‘p harbiy xizmatchilarni yo‘qotgan – qariyb 17 ming kishi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rus askarlari bir yilda qancha aholi punktlarini ozod qilishi?