Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Hozirda Ukraina mojarosini tugatish uchun hech qanday shart yo‘q — Peskov

Peskov: Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun hozircha hech qanday shart yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Hozirda Ukraina mojarosi yoki uning birorta fazasini tugatish uchun hech qanday shartlar yo‘q, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novostiga.
U tegishli savolga javob berar ekan, "Yo‘q", deb aytdi.
Bir kun avval RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya Ukraina atrofidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, ular inqirozning asosiy sabablarini bartaraf etishga qaratilgan bo‘lishi va joylardagi real vaziyatni hisobga olishi kerakligini aytdi.
Bundan tashqari, Lavrov Rossiyaning mojaroni hal qilishdagi yondashuvlarini prezident Vladimir Putin belgilab berganini eslatdi.