TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Primorsk o‘lkasida Toshkent texnoparkining filialini tashkil etish rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “Dunyo” AA.
Bu taklif O‘zbekiston Bosh konsulligi vakillarining Rossiya viloyati gubernatori o‘rinbosari Nikolay Stesko va Xalqaro hamkorlik agentligi rahbari Aleksey Starichkov bilan uchrashuvida bildirildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston hududlari va Primorsk o‘lkasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ijtimoiy va turizm sohalaridagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Rossiya tomoni "Primorskiy" ulgurji tarqatish markazida O‘zbekiston mahsulotlarini vaqtincha saqlash uchun binolar ajratilishini ma’lum qildi.
“Gubernator o‘rinbosari Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “TEChNOPARK” MChJ bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga ham katta qiziqish bildirdi va uning Primorsk o‘lkasida maxsus filialini tashkil etish taklifini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Tomonlar O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarni Rossiya Federatsiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qilish masalalarini ham muhokama qilishdi.