TOShKENT, 29 dek — Sputnik. “Yil ayoli” milliy tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi, deya xabar berdi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida respublika bo‘yicha jami 3 091 nafar ayollar belgilangan 3 ta shart asosida ishtirok etishdi. Respublikada 16 nafar ishtirokchi g‘olib bo‘ldi.
“Milliy ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida 12 ta nominatsiya sohiblariga noutbuk, diplom, statuetka taqdim etildi”, — deyiladi xabarda.
G‘oliblar:
1-o‘rin - Manzura Masharipova (Xorazm viloyati Gurlan tuman 36-son maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi, “Gurlan eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari) BHMning 50 baravari, diplom, statuetka;
2-o‘rin - Zebiniso Xayrullayeva (Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar “Tantana tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari) BHMning 40 baravari, diplom, statuetka;
3-o‘rin - O‘raltosh Eshimova (Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik) BHMning 30 baravari, diplom, statuetka.
Opredeleni pobeditelnisi respublikanskogo konkursa "Jenshina goda"
© Press slujba Komiteta po delam semi i jenshin
“Yil ayoli” milliy tanlovida oliy sovrin Gran-prini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Olimpia va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy mahorat maktabi murabbiy o‘qituvchisi Nigora Palvanova qo‘lga kiritdi. Unga prezident sovg‘asi “CHEVROLET ONIX” avtomobili, diplom, statuetka taqdim etildi.
Nominatsiyalar g‘oliblari:
“Yilning eng vatanparvar ayoli”: Dilnoza Aralova (Jizzax viloyati, DXX chegara qo‘shinlari 9113 harbiy qism harbiy xizmatchisi);
“Yilning eng faol olima ayoli”: Aziza Muxtorova Erkinovna (Toshkent shahri Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektor maslahatchisi, psixologiya fanlari doktori, professor);
“Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli”: Shoxida Nasriddinova (Toshkent shahri, “MILK FOODS TRADE” MChJ direktori);
“Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”: Dilshoda Sultanova (Samarqand viloyati, Samarqand davlat Arxitektura va qurilish universiteti “Tasviriy san’at” kafedrasi professori);
“O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli”: Nadejda Volinskova (Toshkent viloyati, Olmaliq “Ammofos-Maxsam” AJ bosh texnologi);
“Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi": - Sayyora Kenjayeva (Navoiy viloyati, Navbahor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi);
“Yilning eng yaxshi uy bekasi”: Faridaxon Xoshimova (Andijon viloyati, uy bekasi);
“Yilning eng jonkuyar ustozi": Sojida Xaydarova (Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish sho‘’basi metodisti);
“Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi": Mamlakat Rajabova (Buxoro viloyati, Romitan tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi);
“Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori": Saodatxon Egamova (Namangan viloyati, Uychi tumani MMTBga qarashli 23-sonli maktab qoshidagi “Namangan qalqon maxsus guruh” NTM direktori);
“Yilning eng yaxshi chilangar ayoli": Parvina Mullayeva (Sirdaryo viloyati “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati “Farxod gidro elektrostansiyasi” filiali elektrmashinalar sexi gidroturbina qurilmalarini ta’mirlovchi chilangar );
“Eng faol yashil makon targ‘ibotchisi": Nodiraxon Nasirdinova (Andijon viloyati, “Gullar va landshaft” MChJ rahbari).