O‘zbekistonlik shifokorlar 1300 nafar Afg‘oniston aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi

Afg‘on fuqarolariga 1, 6 mlrd so‘mlik 50 ta turdagi dori-darmon va gigiyena vositalari tarqatildi.
Sputnik
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Afg‘onistonning Balx viloyatiga "Salomatlik" tibbiy-sanitar yordam poyezdida borgan o‘zbekistonlik shifokorlar uch kun ichida 1300 nafardan ziyod afg‘onistonliklarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlari” muassasasi ma’lum qildi.
“Salomatlik” tibbiy-sanitar yordam poyezdi 15 xil turdagi tibbiy asbob uskunalar bilan jixozlangan va jami 28 nafar tibbiyot xodimi va 5 nafar temir yo‘l mutaxassislar bilan ta’minlangan.
O‘tgan 3 kun davomida ko‘rikdan o‘tkazilganlarning 576 nafari erkaklar, 464 nafari ayollar va 273 nafari yosh bolalar.
1 / 9
2 / 9
3 / 9
4 / 9
5 / 9
6 / 9
7 / 9
8 / 9
9 / 9
Shuningdek, tibbiy ko‘rik davomida afg‘on fuqarolariga 1, 6 mlrd so‘mlik 50 ta turdagi dori-darmon va gigiyena vositalari tarqatildi.
Bepul ko‘rik 30-dekabrgacha davom etadi.
O‘zbekistonlik shifokorlar Afg‘oniston aholisini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda