TOShKENT, 27 dek— Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya Ta’lim akademiyasi vitse-prezidenti Gennadiy Onishenko Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan videoko‘prik davomida Rossiya va O‘zbekiston shifokorlari o‘rtasidagi hamkorlik tizimli asosda davom etishiga umid bildirdi.
Shuningdek, akademik veyplarning inson salomatligiga ziyoni haqida to‘xtalib o‘tdi. U biologik xavfsizlikni ta’minlash muhimligiga e’tibor qaratib, ogohlik va ehtiyotkorlikka chaqirdi. Bu moddalar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida qaramlikka olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida rossiyalik shifokorlar "Mehr missiyasi" doirasida Toshkentda ikki kun ichida 15 ta murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishgandi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.