O‘zbekistonlik shifokorlar Afg‘oniston aholisini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari 30-dekabrga qadar davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik shifokorlar Afg‘onistonning Balx viloyati aholisini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda, deya xabar berdi Surxondaryo viloyati hokimligi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Afg‘oniston aholisini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur oziq-ovqat hamda dori-darmon vositalari shaklidagi insonparvarlik yuki Afg‘oniston xalqiga yetkazib berildi.
Mediki iz Uzbekistana provedut v Afganistane obsledovanie mestnogo naseleniya

“Jami 9 ta vagondan iborat "Salomatlik" tibbiy-sanitar yordami joriy yil 25-30 dekabr kunlari Afg‘onistonning Balx viloyatida bir guruh aholi malakali shifokorlarimiz tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi”, — deyiladi xabarda.

Aytilishicha, tibbiy ko‘rik O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlarining uchrashuvida afg‘on tomonining so‘roviga asosan o‘tkazilmoqda.
Mediki iz Uzbekistana provedut v Afganistane obsledovanie mestnogo naseleniya
Insonparvarlik yuklari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Transport va Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ mutasaddilari tomonidan yetkazib berildi.