TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Oqtovda AZAL samolyoti halokatga uchradi, oson qolganlar bor. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Boku-Grozniy reysini amalga oshirayotgan Embraer 190 samolyoti Oqtov shahri yaqinida 3 km uzoqlikda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
"Bokudan Grozniyga uchayotgan samolyot Kaspiy dengizi uzra “SOS” signalini berdi. Keyin u Qozog‘istonga yo‘l oldi va u yerda Oqtov aeroportida halokatga uchradi", deyiladi xabarda.
Dastlabki ma’lumotlar:
Hodisaga samolyot va qushlar galasi o‘rtasidagi to‘qnashuv sabab bo‘lgan;
Qozog‘iston FVVning 52 nafar xodimi va 11 birlik texnikasi Oqtovga samolyot qulagan joyga yetib borgan;
Samolyot bortida 69 nafar yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan;
Samolyot bortida Ozarbayjonning 37, Rossiyaning 16, Qozog‘istonning 6 va Qirg‘izistonning 3 nafar fuqarosi bo‘lgan.;
Aviahalokatdan so‘ng 29 kishi (3 nafari bolalar) Oqtov ko‘p tarmoqli shifoxonasiga yotqizildi;
Samolyot “Azerbaijan Airlines” tegishli. Havo kemasi ekipaji qulashdan oldin favqulodda qo‘nishga ruxsat so‘ragan;
Voqea sabablariga oydinlik kiritilmoqda. Maxsus tekshiruv o‘tkaziladi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev samolyot halokati munosabati bilan MDH sammitidan Rossiyadan Bokuga qaytdi.
Ozarbayjonda 26-dekabr motam kuni deb e’lon qilindi.