O‘yinda ishtirok etganlar va muxlislar o‘yinni yuqori baholashdi. KHL prezidenti Aleksey Morozovning fikriga ko‘ra, Toshkentdagi o‘yin yuqori darajada o‘tdi.
“Dinamo va Spartak ajoyib o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni quvontirdi. "KHL World Games" tarixidagi eng katta muxlislar soni bilan tarixiy natijaga erishdik. Bu kabi uchrashuvlar xokkeyning rivojiga katta hissa qo‘shadi", — dedi u.
O‘yin nafaqat jozibador gollari, balki yosh xokkeychilar uchun mahorat darslari va muxlislarga ulashilgan sovg‘alar bilan esda qoldi. Toshkentdagi bu o‘yin KHL musobaqalarining kelgusi mavsumlarda ham O‘zbekistonda o‘tkazilishiga yo‘l ochishi mumkin.
Xokkey bayrami — Sputnik O‘zbekiston fototasmasida.