TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Aqtauda Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining samolyotlari ta’mirlanadi. Bu haqda Qozog‘iston transport vaziri parlamentda bo‘lib o‘tgan Hukumat soati yig‘ilishida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Aqtau aeroporti hududida samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash markazi va o‘quv markazlari paydo bo‘ladi.
Markaz fuqarolik va harbiy havo kemalariga xizmat ko‘rsatadi. Jumladan, fuqaro aviatsiyasining 411 ta yo‘lovchi samolyoti: Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston.
Buning natijasida aeroportning yuk tashish quvvati yiliga 200 ming tonnagacha oshishi, yillik aylanmasi esa 520 milliard tengeni ($988 mln) tashkil etishi ma’lum qilindi.