TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Kelasi yilning 25-27 fevral kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan to‘rtinchi "AgroPro Expo 2025" ko‘rgazmasida Rossiyaning o‘ndan ortiq kompaniyasi ishtirok etadi, deya xabar berdi ko‘rgazma tashkiliy qo‘mitasi RIA Novostiga.
“AgroPro Expo 2025” to‘rtinchi xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi 25-27 fevral kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi, unda Rossiyadan 10 tadan ortiq kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda”, — dedi tashkiliy qo‘mita vakili.
Samarqanddagi “SOF Expo ” ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadigan tadbirda dunyoning 10 ta davlatidan 80 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashadi: O‘zbekistonning barcha hududlari, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya, Eron va boshqa MDH hamda qo‘shni davlatlarning 100 tadan ortiq kompaniyalari.
Ishtirokchilar orasida qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilar, o‘g‘itlar, urug‘lik va qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion texnologiyalar yetkazib beruvchilar bor.
“Tadbirda 5 mingdan ortiq professional bozor ishtirokchilari, jumladan, xalqaro tashkilotlar va tegishli vazirliklar delegatsiyalari ishtirok etishi kutilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi tashkiliy qo‘mita.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida 2023-yilning shu davriga nisbatan 20,5 foizga oshib, 10,682 milliard dollarni tashkil etdi. Xususan, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasiga eksporti hajmi 11 oy davomida 13,4 foizga oshib, 3,41 milliard dollarni tashkil etdi (umumiy eksportning 14,1 foizi), O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidan importi hajmi – 7,271 milliard dollargacha (+24%, umumiy import hajmida 20,7%) oshdi.
An’anaga ko‘ra, O‘zbekiston meva-sabzavot sanoati mahsulotlari yetakchi bo‘lib qolmoqda - 595,2 million dollar (+1,3 marta, 42,1 foiz - O‘zbekistondan tashqi bozorga sabzavot va mevalar yetkazib berish umumiy hajmidagi ulushi).