O‘zbekiston va Qozog‘iston dezinformatsiya va soxta yangiliklarga qarshi qanday kurashmoqchi?

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida tajriba almashish maqsadida OAV vakillari uchun press-turlar tashkil etishga kelishib olishdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Qozog‘iston va O‘zbekiston dezinformatsiya va soxta yangiliklarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi, deya xabar berdi Madaniyat va axborot vazirligi matbuot xizmati.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi hamda O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillarining uchrashuvida kelasi yilga mo‘ljallangan axborot hamkorligi rejasi imzolandi. Hujjat O‘zbekiston Prezidentining 8-avgust kuni Qozog‘istonga tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar doirasida imzolandi.
Kazaxstan i Uzbekistan usilyat sotrudnichestvo po protivodeystviyu dezinformatsii i feykovim novostam
Rejada media-kontent almashinuvini tashkil etish, ommaviy axborot vositalari uchun trening va seminarlar o‘tkazish, matbuot kotiblarining malakasini oshirish, yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashish kabilar nazarda tutilgan.
Tomonlar Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida tajriba almashish maqsadida OAV vakillari uchun press-turlar tashkil etishga kelishib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, 17-19 dekabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘iston delegatsiyasi Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning OAV va axborot uchun mas’ul vazirlar va yuqori mansabdor shaxslarining VI yig‘ilishida ham ishtirok etdi.