TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiyaning "Janub" qo‘shinlari guruhining razvedkachilari Rossiya kuchlari 6-brigadasining jangovar bo‘linmalariga hujum qilish paytida Ukraina Qurolli Kuchlari tayanch putktiga bostirib kirdi va frontning shimoliy sektorida asirlar olishdi. Bu haqda RIA Novostiga bo‘linma komandiri ma’lum qildi.
DXRdagi Seversk aholi punkti hududida dushman endi artilleriya va uchuvchisiz samolyotlar joylashgan qo‘mondonlik balandliklari tarmog‘ini egallab turibdi.
“Biz ob-havoning yomonligidan va bu hududda dushman bizni kutmaganidan foydalandik. U bizni chiqishimizni kutmagandi, u uchun u (hudud - tahr.) ancha ochiq edi, shuning uchun u bizning bu hududdan o‘tishimiz mumkinligiga shubha ham qilmagan", — deya ta’kidladi u.
Komandirning ta’kidlashicha, guruhning qo‘shni bo‘linmalarining hujum harakatlari davomida dushman qanotlarga hujumni kuzatib turgan paytda, yomon ob-havodan foydalangan holda razvetkachilar, Ukraina Qurolli Kuchlarining mustahkamlangan pozitsiyalaridan biriga hujum uyushtirdi, shundan so‘ng ular asirlar bilan o‘z joylariga muvaffaqiyatli qaytishdi.
"Biz pozitsiyalarga ketayotgan edik, otishma boshlandi, men avtomatni uloqtirdim, ruslar yugurib kelishdi, meni asirga olib ketishdi, qalpoq kiyib olishdi va qayergadir o‘z pozitsiyalariga olib ketishdi", — deydi Ukraina Qurolli Kuchlari asiri.