Sarlavha qo‘yish san’ati: SputnikPROning navbatdagi mahorat darsi

Qanday qilib esda qolarli sarlavha yozish mumkin – tajribali jurnalist o‘z fikri bilan baham ko‘rishdi.
Sputnik
Toshkentda sarlavha yozish bo‘yicha SputnikPROning navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Unda tajribali jurnalist va o‘qituvchi professor, “Rossiya segodnya” mediaguruhi maslahatchisi Oleg Dmitriyev Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalariga sarlavha qo‘yish haqida nutq so‘zladi.

Mavzu doirasida qanday qilib lo‘nda va chiroyli sarlavha tuzish, bunda qanday stilistik uslublardan foydalanish batafsil tushuntirib berildi.

Ma’ruza talabalar uchun qiziqarli va foydali bo‘ldi. Bu haqida darsdan so‘ng ularning o‘zlari aytib berishdi.