O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida qashqadaryolik zargar Sharifjon Raupovning "Unutilgan tumor izidan" deb nomlangan ko‘rgazmasi ish boshladi. Ko‘rgazmada o‘zbek zargarlik san’atining yo‘qolib borayotgan an’analari, uning ma’naviy va badiiy ahamiyati keng namoyish etilgan.
Markaziy qahramon – Sharifjon Raupov o‘z ijodi orqali milliy zargarlik maktablarini qayta tiklash, qadimiy usullar va milliy naqshlarni asrab qolishga intilmoqda. Uning asarlari an’anaviy texnika va shaxsiy badiiy tasavvurning uyg‘unligini aks ettiradi.
Ko‘rgazma kuratori Maqsud Asqarov loyihada oilaviy qimmatbaho buyumlar orqali ma’naviy merosning jamiyatdagi o‘rnini tadqiq etgan. Bu zargarlik san’atini o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik sifatida talqin qiladi.
Ko‘rgazma 2025-yil 13-yanvarga qadar davom etadi.