Yangi yil chegirmasi: qaysi mehmonxona va ziyoratgohlar arzonlashadi?

Qo‘mita: chegirmalar tashriflar sonining ortishiga xizmat qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Yangi yil bayramini munosib kutib olish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida chegirmalar joriy etiladi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, belgilangan dam olish kunlarida respublika bo‘ylab 181 ta joylashtirish vositalarida 5 foizdan 33 foizgacha bo‘lgan chegirmalar joriy etildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston musulmonlar idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi ixtiyoridagi ziyoratgohlarga sayyohlar va ziyoratchilar uchun Yangi yil bayrami kunlari chegirmalar berildi.
Ushbu joriy etilgan chegirmalar respublikada ichki turizmni yanada rivojlantirish, aholining hordiq chiqarishi, madaniy meros obyektlari, muzeylar va ziyoratgohlarga tashrifi sonining ortishiga xizmat qiladi.
Poyezd yoki samolyot: talabalarga Yangi yil bayramida qanday chegirmalar taqdim etildi?