Mask Ukrainaga yordam berishni AQShning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi

Ilon Mask
Tadbirkor ijtimoiy tarmoqda AQSh rasmiylarining qarorlarini tanqid qildi.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida AQSh rasmiylarining Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish haqidagi qarorlarini tanqid qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
U taniqli jamoat arbobi Jozi Glabaxning Amerika ma’muriyatining munozarali va nomaqbul qarorlari, jumladan, Ukrainaga 60 milliard dollarlik yordam va 12 biologik laboratoriyani moliyalashtirish haqidagi xabariga izoh qoldirdi.
"Tarixdagi eng yomon qonun loyihalaridan biri", — deb yozgan milliarder.
Avvalroq Mask rossiyalik harbiylarning Krasnoarmeysk shahriga yaqinlashgani haqidagi ma’lumotga izoh berar ekan, Ukraina allaqachon tinchlik o‘rnatishi kerakligini aytgan edi.
Chorshanba kuni "Foreign Policy" jurnali G‘arb Rossiyaning muzlatilgan 300 milliard dollar aktivlaridan foydalanib, Amerika prezidentining rasman almashishidan oldin Ukrainaga jo‘natmoqchi ekanini yozdi.
Donald Tramp rasskazal SMI o svoyem straxe posle pokusheniya.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Zelenskiyni mojaroni tugatishga tayyorlanishga chaqirdi