TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Moskva viloyatida general Rossiya general-leytenanti Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpovni o‘ldirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi. Uni Ukraina maxsus xizmatlari yollagan. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) ma’lum qildi.
Kecha Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiyaviy, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov Moskva janubi-sharqidagi portlash oqibatida halok bo‘ldi.
“Moskvaning Razan xiyobonidagi turar joy binosi yonida qo‘lbola portlovchi qurilmani ishga tushirgan 1995-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kuzatuv uchun avtomashina ijaraga olingan va unga Wi-Fi-kamera o‘rnatilgan, uning tasvirlari Dnepropetrovskdagi terakt tashkilotchilariga uzatilgan.️ Ofitserlar kirish joyidan chiqib ketayotgani haqidagi video signal olingan, hibsga olingan shaxs tomonidan vosita masofadan ishga tushirilgan.
Ukraina maxsus xizmatlari bu teraktni amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarosiga 100 ming dollar mukofot va Yevropa Ittifoqida turar joy va’da qilingan.
Teraktni uyushtirishda ishtirok etgan Ukraina maxsus xizmatlari xodimlari topiladi va munosib jazo olishadi, deyiladi FXX xabarida.