TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Kripto-aktivlar faoliyatini litsenziyalash narxlari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tegishli buyruqda nazarda tutilgan.
“Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash to‘g‘risidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi”, — deyiladi xabarda.
Unga ko‘ra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari to‘lash sanasida amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi baravarlarida belgilanadi:
kripto-birja uchun – 73 400;
mayning-pul uchun – 3 000;
kripto-depozitariy uchun – 7 000;
kripto-do‘kon uchun – 3 700.