Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp Zelenskiyni mojaroni tugatishga tayyorlanishga chaqirdi

Tramp: Zelenskiy Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun kelishuvga tayyorlanishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi mojaroga barham berish bo‘yicha kelishuv tuzishga tayyorlanishi kerakligini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"U bitim tuzishga tayyorlanishi kerak", — dedi u.
Tramp, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham kelishuvga erishishi kerakligini ta’kidladi. Amerika rahbari inauguratsiyadan oldin tinchlikka erishishga umid qilmoqda.
Saylangan prezident Ukraina mojarosiga barham berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, uning aytishicha, Kiyev go‘yoki tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish istagini bildirgan.
Siyosatchining fikricha, Ukrainaga Amerikaning uzoq masofali raketalari bilan Rossiya hududiga zarba berishiga ruxsat bermaslik kerak edi. Tramp bu masalani qayta ko‘rib chiqish mumkinligini qo‘shimcha qildi.