TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 18-dekabr, soat 13:00 da Toshkent shahar hokimligi vakili ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Matbuot anjumanining bu galgi mehmoni Toshkent shahar hokimligi Raqamli rivojlanish boshqarmasi vakili Alixon Ahmadjonov. U “Toshkentning dizayn-kodi. Shahar qiyofasi qanday o‘zgaradi?” mavzusida so‘z yuritadi.
Toshkent hokimligi xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda poytaxtning dizayn-kodini ishlab chiqdi. Bu shahar qiyofasini yaxshilashga, uning aholi va sayyohlar uchun jozibadorligini oshirishga qanday ta’sir qiladi?
Jurnalistlar ishtirok etishga taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami va Telegram manzili: +998971907178, @alisherakimbaev.