Senator Shavkat Ayupov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining yangi prezidenti etib saylandi

O‘zbekiston bosh vaziri Fanlar akademiyasi prezidentini saylashga bag‘ishlangan majlisda ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Akademik Shavkat Ayupov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining yangi prezidenti etib saylandi, deya xabar berdi akademiya matbuot xizmati.
Fanlar akademiyasi prezidentini saylashga bag‘ishlangan majlisda bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi. Majlis ishtirokchilari Fanlar akademiyasi prezidentligiga saylash uchun akademik Shavkat Ayupovning nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi.
“Akademik Ayupov Shavkat Abdullayevichni Umumiy yig‘ilish a’zolari bir ovozdan Fanlar akademiyasining prezidenti etib sayladi”, — deyiladi xabarda.
Shavkat Ayupov 1952-yilda tug‘ilgan, fizika-matematika fanlari doktori. Oliy Majlis Senati a’zosi. U V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan. 1996-yilda “Shuhrat” medali, 2003-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2011-yilda “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, 2021-yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali bilan taqdirlangan.