Ozarbayjonlik ishbilarmon Chorvoq suv ombori bo‘yida turizm markazi quradi

Mirziyoyev Chorvoq suv ombori bo‘yida “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazi barpo etish taklifini ma’qulladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Ozarbayjonlik ishbilarmon Chorvoq suv ombori bo‘yida “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazi quradi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida qurilishi mo‘ljallangan xalqaro turizm markazi taqdimotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ozarbayjonlik ishbilarmon Emin Agalarov bir qator yirik xorijiy kompaniyalar bilan sheriklikda Chorvoq suv ombori bo‘yida “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazi barpo etish istagini bildirmoqda.
V Bostanlike planiruyetsya sozdanie masshtabnogo sentra turizma
“Loyihaga ko‘ra, unda dam olish, cho‘milish va sport maskanlari, mehmonxonalar, kottejlar, turar joylar bo‘ladi. Xalqaro brendlarning do‘konlari, restoran va xizmat shoxobchalari ochiladi. Turli festivallar, konsertlar va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Ikki qirg‘oq o‘rtasida ko‘prik qurilib, keluvchilarga qulaylik oshiriladi. Kelajakda o‘ziga xos turizm xabiga aylanib, unda yil davomida dam olish va yashash mumkin bo‘ladi”, — deyiladi xabarda
V Bostanlike planiruyetsya sozdanie masshtabnogo sentra turizma
Mirziyoyev bu taklifni ma’qulladi. Uni xalqaro tajriba asosida loyihalashtirish va bosqichma-bosqich qurish zarurligini aytdi.
V Bostanlike planiruyetsya sozdanie masshtabnogo sentra turizma
Bosh vazir boshchiligida komissiya tuzib, loyihaning huquqiy asosini yaratish, infratuzilma masalalarini hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.