O‘zbekiston va YeOII

Mishustin: Rossiya uchun MDH va YeOII bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish muhim

Mixail Mishustin: Rossiya uchun eng yaqin qo‘shnilar bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. MDH va YeOII o‘z samaradorligi va dolzarbligini isbotladi, Rossiya uchun eng yaqin qo‘shnilar bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bosh vazir o‘rinbosarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Uchrashuvda Mishustin MDH Hukumat rahbarlari kengashi va Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlislari yakunlarini sarhisob qildi.
“Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘zining samarali va dolzarbligini isbotladi. Ular mintaqamizdagi aloqalarni mustahkamlashning asosiy platformalaridir. Albatta, barchamiz eng yaqin qo‘shnilarimiz bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga ko‘maklashishimiz va, albatta, faoliyatimiz ko‘lamini kengaytirishimiz kerak. Bu barcha ishtirokchilarning manfaatlariga javob beradi”, — dedi Mishustin.
MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Rossiyaning Hamdo‘stlikdagi raisligi yakunlari sarhisob qilindi. Gumanitar kun tartibi, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, transport kompleksini raqamli transformatsiya qilish, fuqarolik kemasozlikni rivojlantirish va tegishli butlovchi qismlarni ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.
“2025 yil MDHda Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi – Natsizmga qarshi kurashda tinchlik va birdamlik yili, deb e’lon qilindi. Bu gumanitar hamkorlik sohasidagi ustuvor tadbirlar rejasini hisobga oladi”, — dedi Mishustin.
YeOII doirasida tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda, deya qo‘shimcha qildi Rossiya bosh vaziri. Integratsiya salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha qator qarorlar qabul qilindi, ulardan biri beshta davlat biznesiga qo‘shma hamkorlik loyihalari doirasida yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq.