TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Qirg‘izistonda “Qirg‘iz-o‘zbek do‘stligi” musiqiy kechasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Bishkekdagi To‘qto‘g‘ul Satilganov nomidagi Qirg‘iziston milliy filarmoniyasida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida “Qirg‘iz-o‘zbek do‘stligi” musiqiy kechasi bo‘lib o‘tdi.
Filarmoniya sahnasida ikki mamlakat san’atining taniqli namoyandalari chiqish qildi. Konsertda Qirg‘iziston va O‘zbekiston madaniyatining boyligi va rang-barangligini aks ettiruvchi jo‘shqin musiqa va raqslar ijro etildi.
Bu voqea qardosh xalqlar o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va madaniy aloqalar timsoliga aylandi.