TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi jahon chempionatini kuchli uchlikda yakunladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Bahraynning Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
92 tamamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirokida kechgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
“Musobaqa yakunida yigitlarimiz medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi”, - deyiladi qo‘mita xabarida.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal: -109 kg: Ruslan Nurudinov (siltab ko‘tarish, jahon rekordi), -109 kg: Ruslan Nurudinov (ikki kurash), -109 kg: Sharofiddin Amriddinov (dast ko‘tarish);
Kumush medal: -81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (dast ko‘tarish);
Bronza medal: -81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (ikki kurash) -89 kg: Sarvarbek Zafarjonov (dast ko‘tarish).