O‘zbekiston va YeOII

YeIK: Qozog‘iston YeOII iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda

Baxitjan Sagintayev Qasim-Jomart Toqayevni Qozog‘istonning Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Qozog‘iston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar iqtisodiyotini har tomonlama modernizatsiya qilish va jahon miqyosida yetakchi o‘rinlarga ko‘tarilishiga salmoqli hissa qo‘shishda davom etmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev ma’lum qildi.
Bugun Qozog‘iston milliy bayrami - Mustaqillik kunini nishonlamoqda.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev Qozog‘iston prezidenti, Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi a’zosi Qasim-Jomart Toqayevni bayram bilan tabrikladi.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tashkil etilishining asosi bo‘lgan Qozog‘iston o‘z taraqqiyotiga, jumladan, a’zo davlatlar iqtisodiyotini har tomonlama modernizatsiya qilish va jahon miqyosida yetakchi o‘rinlarga ko‘tarilishiga salmoqli hissa qo‘shishda davom etmoqda”, — deyiladi tabrik maktubida.
Baxitjan Sagintayev Qozog‘iston prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan samarali islohotlar tufayli Qozog‘iston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan ishonch bilan olg‘a siljib, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal etishda muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.