Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Iste’fodagi podpolkovnik: rus armiyasi frontdagi uchastkaga birorta ham o‘q otmay kirib keldi

Devis: Zelenskiy mantiqsiz sabablarga ko‘ra mojaroni davom ettirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Ukrainadagi mojaro o‘zining yakuniy bosqichiga kirmoqda. Bu haqda AQSh armiyasining iste’fodagi podpolkovnigi Deniyel Devis o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi kanalida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Endi biz tom ma’noda yakunlash arafasida turgan yakuniy bosqichga kirmoqdamiz. <…> Jang maydonida rus armiyasi butun frontning eng muhim uchastkalaridan biriga birorta ham o‘q otmay kirib keldi, chunki Ukraina tomonida yetarli odam yo‘q”, — dedi u.
Devisning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy mantiqsiz sabablarga ko‘ra 20-yanvar, ya’ni Donald Tramp inauguratsiyasi kunigacha ushlab turmoqchi.
“20 yanvardagi muzokaralarda Rossiyaning pozitsiyasi hozirgidan kuchliroq bo‘ladi. <…> Nega ukrainaliklar allaqachon boy berilgan maqsad uchun o‘lishlari kerak?", — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Time jurnaliga bergan intervyusida Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya hududiga Amerika raketalari bilan zarba berishiga qarshi ekanini aytgan edi.
Trampning so‘zlarini sharhlar ekan, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShning bo‘lajak prezidentining pozitsiyasi Rossiyanikiga to‘g‘ri kelishini aytdi.
AQShning saylangan prezidenti 20-yanvar kuni o‘z lavozimini egallaydi. Tramp avvalroq, agar u Jo Bayden o‘rniga davlat rahbari bo‘lganida Ukrainadagi mojaro hech qachon boshlanmasligini aytgan edi. Respublikachi, agar u qayta saylansa, 24 soat ichida kelishuvga erishish niyatida ekanini ta’kidladi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu so‘zlarni izohlar ekan, mojaroni bir kunda hal qilib bo‘lmaydigan muammo deb atadi.