Malayziyada topilgan Beruniy va Firdavsiy asarlarining nusxalari O‘zbekistonga topshiriladi

Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub bo‘lgan "At-Tafhim" asari topildi.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Kuala-Lumpur shahrida Abu Rayhon Beruniy asarining qadimiy noyob qo‘lozmasi topildi, deya xabar berdi Islom sivilizatsiyasi markazi axborot xizmati.
Malayziyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari o‘rinbosari Firdavs Halimov Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti direktori Abdelaziz Bergut bilan uchrashdi.
Abdelaziz Bergut muassasaning kutubxona fondi, mavjud bir qator nodir qo‘lozma va eksponatlar bilan mehmonlarni tanishtirdi.
Naydena rukopis Abu Rayxana Beruni, otnosashayasya k XII veku

“Biz O‘zbekistonning Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Karomidin Gadoyev bilan Kuala-Lumpurdagi Islom sivilizatsiyasi kutubxonasiga bordik, — dedi Firdavs Halimov. — Bu yerda bevosita O‘zbekiston madaniy merosiga oid qo‘lozmalar ham borligiga amin bo‘ldik. Qo‘lozmalardan biri bu alloma Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub bo‘lgan "At-Tafhim" asaridir. Fors tilidagi, samo jismlarini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan bu asar 1197-yilda ko‘chirilgan".

Naydena rukopis Abu Rayxana Beruni, otnosashayasya k XII veku
Ikkinchi qo‘lozma Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma" asarining o‘rta asrlarda ko‘chirilgan qo‘lozmasidir. Qo‘lozma nasta’liq xatida temuriylar kitobat san’atiga xos uslubda ko‘chirilgan bo‘lib, undan 29 ta miniatura o‘rin olgan. Ushbu miniaturalarda Kamoliddin Behzod maktabiga xos unsurlar ko‘zga tashlanadi.
“Kutubxona rahbariyati mazkur qo‘lozmalarning nusxalarini O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga fondiga topshirishlarini ma’lum qilishdi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur qo‘lozmalar qayerda va kim tomonidan ko‘chirilgani hozircha noma’lum. Ma’lum qilinishicha, ular o‘n yilcha ilgari Niderlandiyada o‘tkazilgan auksion savdosi orqali sotib olinib Malayziyaga keltirilgan.