Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya bir kechada Ukrainaning 37 ta dronini yo‘q qildi

Kursk viloyati va Krasnodar o‘lkasi hududlarida 12 ta dron yo‘q qilindi va tutib olindi, 7 ta dron Bransk viloyati hududida, 5 tasi Orlov viloyati hududida va bittasi Azov dengizi ustida urib tushirildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari tunda Kursk, Bransk, Orlov viloyatlari, Krasnodar o‘lkasi va Azov dengizi uzra 37 ta Ukraina dronlarini yo‘q qildi va tutib oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“O‘tgan tun davomida Kiyev rejimi Rossiya Federatsiyasi hududidagi nishonlarga samolyot tipidagi dronlar yordamida terroristik hujumlar uyushtirishga uringanida, navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 37 ta dronini yo‘q qildi va tutib oldi”, — deyiladi xabarda.
Kursk viloyati va Krasnodar o‘lkasi hududlarida 12 ta dron yo‘q qilindi va tutib olindi, 7 ta dron Bransk viloyati hududida, 5 tasi Orlov viloyati hududida va bittasi Azov dengizi ustida urib tushirildi.
Orlov viloyati gubernatori Andrey Klichkov avvalroq infratuzilma obyektiga dronlarning ommaviy hujumi chog‘ida yoqilg‘i yonib ketgani, shuningdek, bir nechta shaxsiy uylarning oynalari ham urib tushirilgan dronlarning bo‘laklari tomonidan shikastlangani haqida xabar bergan edi. Jarohatlanganlar yo‘q.
Bundan tashqari, Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratyevning ma’lum qilishicha, bitta dron bo‘laklari shaxsiy uyga qulagan, jarohatlanganlar yo‘q.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina mojaro natijasida hududlarining uchdan bir qismini yo‘qotadi — Slovakiya bosh vaziri