TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Qirg‘izistonning Oloy teatri 12-dekabr kuni Toshkentdagi O‘zbek davlat drama teatrida "Moviy qirg‘og‘im" spektaklini namoyish etdi.
Spektakl qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning "Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar" qissasi asosida sahnalashtirilgan.
"Biz bu yerga O‘zbekistonning eng kuchli teatrlari bilan tajriba almashgani keldik. Bugun Chingiz Aytmatovning tug‘ilgan kuni va qirg‘iz adabiyoti kuni va shu sababli biz buyuk adibning asari asosida yaratilgan "Moviy qirg‘og‘im" spektaklini namoyish etmoqdamiz”, - dedi Oloy musiqa drama teatri direktori Alimqul Isakov Sputnik muxbiriga.
Moviy qirg‘og‘im" spektakli
© Sputnik
Hikoyadagi voqealar Uzoq Sharq o‘lkasidagi Oxota dengizida sodir bo‘ladi. Kirisk ismli yosh bola otasi, amakisi va bobosi bilan qayiqda baliq oviga chiqishadi. Lekin kuchli shamol va quyuun ularni qirg‘oqdan nariga olib ketadi. Ular bir necha kun dengizda ovqatsiz va suvsiz adashib qolishadi. Ichishga suv oz qolganda, uni Kirisk uchun saqlab qolish maqsadida dastlab bobosi, keyin amakisi va otasi o‘zlarini dengizga tashlaydi. Kirisk qolgan suvni ichib omon qoladi va qirg‘oqqa yetib oladi.
Moviy qirg‘og‘im" spektakli
Sohil bo‘ylab chopayotgan Olapar,
Yakka-yolg‘iz qaytmoqdaman yoningga —
Bobojonim O‘rxonsiz,
Otajonim Emrayinsiz,
Og‘ajonim Milxunsiz,
Ular qayda qoldi, so‘ragil mendan,
Faqat avval suv bergil, o, suv...
Bu Kiriskning o‘zi to‘qigan ko‘shiqning dastlabki satrlari edi. Bu endi uning umrining oxirigacha aytadigan qo‘shiq bo‘ladi... (asardan parcha)
Yakka-yolg‘iz qaytmoqdaman yoningga —
Bobojonim O‘rxonsiz,
Otajonim Emrayinsiz,
Og‘ajonim Milxunsiz,
Ular qayda qoldi, so‘ragil mendan,
Faqat avval suv bergil, o, suv...
Bu Kiriskning o‘zi to‘qigan ko‘shiqning dastlabki satrlari edi. Bu endi uning umrining oxirigacha aytadigan qo‘shiq bo‘ladi... (asardan parcha)