O‘zbekiston va YeOII

Moskvada YeOII Hukumatlararo Kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Abdulla Aripov YeOIIning Hukumatlararo Kengashi majlisida ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 dek — Sputik. Bugun Moskvada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) Hukumatlararo Kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekiston va Kuba bosh vazirlari ishtirok etishmoqda.
Majlisda qo‘yidagi masalalar muhokama qilinadi:
sanoatdagi qo‘shma kooperatsiya loyihalariga moliyaviy yordam ko‘rsatish mexanizmini amalga oshirish va ularni tanlash bo‘yicha reglamentga o‘zgartirishlar kiritish,
YeOIIda elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish,
tajriba shakliga muvofiq soliqni ko‘p talab qiluvchi tovarlarning bojxona deklaratsiyasi monitoringi bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqish,
2025 yilda gaz, neft va neft mahsulotlarining umumiy bozorlarini shakllantirish bo‘yicha hisobotlar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Kuba YeOIIga kuzatuvchi maqomida a’zo bo‘lgan davlatlar. Ushbu maqom ittifoqning aksariyat faoliyatida ishtirok etishga imkon beradi.