TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Toshkent shahridagi Yunusobod dehqon bozorining o‘rnida uch qavatli ekobozor quriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-dekabr kuni qurilish va obodonlashtirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov po stroitelstvu i blagoustroystvu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ta’kidlanishicha, Yunusobod dehqon bozorini zamonaviy konsepsiya asosida yuqoriga “o‘stirish”, savdo o‘rinlari va qulayliklarni ko‘paytirish rejalashtirilgan. Loyihaga ko‘ra, avvalo, asliyat saqlab qolinib, hozirgisining o‘rnida uch qavatli ekobozor quriladi. Uning yonida qo‘shimcha savdo markazi hamda zargarlik uyi barpo etiladi. Ushbu binolarning yerosti qismi mingdan oshiq avtomobil sig‘adigan turargoh bo‘ladi. Jami 4-5 ming ish o‘rni ochiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov po stroitelstvu i blagoustroystvu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mutasaddilarga bular sababli bozor faoliyatini to‘xtatib qo‘ymaslik, qurilishni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, poytaxtdagi Abdulla Qodiriy bog‘i obodonlashtiriladi. Relyefdan to‘g‘ri foydalanib, yashil hududlar ko‘paytiriladi. Sayr va tomosha joylari, favvoralar, yangi planetariy quriladi. Sayyohlarni jalb qilish uchun gastro-xol tashkil etiladi. Bu Chorsu bozori, umuman, eski shahar bilan yanada uyg‘un bo‘ladi.
Davlat rahbari bog‘da sharoitlarni yaxshilash va an’analarni aks ettirish zarurligini ta’kidladi.
“Bu rejalar yaxshi. Faqat milliy ruh qo‘shish kerak. Bu yerda shaharning tarixi, xalqimizning an’analari aks etsin. Har bir yosh toifasidagi inson bog‘da o‘z joyini topa olsin”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov po stroitelstvu i blagoustroystvu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Do‘stlik” bog‘i ham yangilanib, aholini o‘ziga jalb etuvchi maskanga aylantiriladi. Sayr yo‘laklari, suv havzalari, dam olish joylari ta’mirlanib, o‘rindiqlar o‘rnatiladi. Oilaviy ko‘ngilochar maskan va bolalar ijod markazi tashkil qilinadi. Yoshlar uchun skeyt maydonchasi, daraxtlar bilan uyg‘un aviariy hamda tomosha charxpalagi quriladi.
Prezident tashabbusi bilan 2019-yilda Toshkent shahrida “Navro‘z” bog‘i barpo etilgan edi. Tashrif buyuruvchilarga sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida bu yerda mehmonxona, yopiq sport maydonchasi, restoran, konferensiya zali bunyod qilish ko‘zda tutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov po stroitelstvu i blagoustroystvu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Nurafshon va Namangandagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘lari yonida turizm markazlari tashkil qilinadi. Ularda Sharq bozori, hunarmandchilik joylari, amfiteatr, favvora va boshqa qurilmalar bo‘ladi. Daraxtlar ekilib, yashil hudud kengaytiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov po stroitelstvu i blagoustroystvu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari loyihalarni sifatli qilish, bog‘larda aholi va turistlar uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.