20 dekabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti binosi, 127-xonada SputnikPRO mahorat darsi o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar diqqatni jalb qilish va xotirada muhrlanish uchun sarlavhalar bilan qanday ishlash kerakligini o‘rganadilar.
Spiker – "Rossiya segodnya" media guruhi maslahatchisi, “Iqtisodiyot oliy maktabi” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Media instituti direktori o‘rinbosari Oleg Dmitriyev.
Manzil: Toshkent sh. Lutfiy ko‘chasi, 8-uy.
Tadbirga +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.
Ma’lumot uchun: SputnikPRO – Sputnik agentligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan OAV sohasidagi xalqaro ta’lim loyihasi hisoblanadi. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy o‘quv yurtlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlarining yuqori kurs talabalari uchun eng yaxshi rus va xorijiy media-menejerlar, ekspertlar va agentlikning yetakchi mutaxassislari tomonidan noyob seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslari tizimidir.