Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar an’anaga ko‘ra MDHda iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Kun tartibiga bir qator hujjatlarni ko‘rib chiqish va imzolash kirdi. Ular jazoni ijro etish xizmatlari uchun kadrlar tayyorlash, yer osti suvlarini o‘rganish, foydalanish, muhofaza qilish va monitoring qilish, gumanitar hamkorlik, shuningdek, MDH organlari faoliyatini moliyaviy ta’minlash bo‘yicha hamkorlikka oid.