TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi deputatlari rus tilini bilmaydigan migrantlarning farzandlarini maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilishdi.
“Bolani maktabga qabul qilishdan oldin uning Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lishining qonuniyligi, shuningdek, rus tilini bilishi tekshiriladi”, - deb yozmoqda Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin o‘zining Telegram–kanalida.
Aytilishicha, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, chet ellik bolalarning 41 foizi rus tilini bilishda muammolarga duch kelishadi. Ular dasturni o‘zlashtirishda va tengdoshlari va o‘qituvchilari bilan muloqot qilishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Rus tilini past darajada bilish yoki uning yo‘qligi bolaning o‘zi uchun stressni keltirib chiqaradi va sinfdoshlar uchun muammolarni keltirib chiqaradi.
Migrant bolalar uchun maktabga qabul qilishdan oldin o‘tkaziladigan imtihon bepul bo‘ladi. Ular uchun butun Rossiya bo‘ylab rus tilini o‘rgatuvchi markarlar ochilishi kutilmoqda.