TOShKENT, 9 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik Jasurbek Jaysunov WT bo‘yicha “Katta dubulg‘a chellenjer” turnirida oltin medalga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Katta dubulg‘a chellenjer” turniri o‘z yakuniga yetdi.
“Musobaqaning ikkinchi kunida -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jasurbek Jaysunov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Barcha bellashuvlarda raqiblaridan mahorat bobida ustun ekanini ko‘rsatgan Jaysunov finalda ham mezbon sportchiga hech qanday imkonyat qoldirmadi va kelasi yil o‘tkaziladigan asosiy musobaqa ishtirokchisiga aylandi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, birinchi kungi bahslarda Shuhrat Salayev (+80 kg) kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. Endi sportchilar ertaga o‘tkaziladigan jamoaviy dasturdagi jahon kubogining finalida ishtirok etishadi.