TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari ittifoqchilik xarakteriga ega bo‘lib, fundamental tamoyillarga va bir-birini hurmat qilishga asoslanadi. Bu haqda Rossiya elchisi Oleg Malginov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan aholiga yo‘llagan tabrigida ma’lum qildi.
“Qardosh O‘zbekiston xalqini Konstitutsiya qabul qilinganining 32-yilligi bilan tabriklayman!”, — deyilgan bayram tabrigida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiyasi kuni ko‘p millatli xalqning birligi, farovonligi, barqarorligi va osoyishtaligi ramzidir.
“Mamlakatning Asosiy qonunida asosiy qoidalar mustahkam o‘z ifodasini topgan: O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatdir. Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari ittifoqchilik xarakteriga ega bo‘lib, ana shu fundamental tamoyillarga va bir-birini hurmat qilishga asoslanadi”, — deya qayd etdi elchi bayram tabrigida.
Elchi o‘z tabrigida O‘zbekiston xalqiga sog‘lik, ezgulik, omad va farovonlik, o‘z oldiga qo‘ygan rejalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilagan.