TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiyaning “Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari DXRning Berestki aholi punktini ozod qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi chuqurligiga yurishni davom ettirdi va Donesk Xalq Respublikasining Berestki aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Berestki (Kuraxovo yo‘nalishi) — Kuraxovodan uch kilometr shimolda joylashgan qishloq. Kuraxovskoe suv omborining shimoliy qirg‘og‘ida joylashgan. Uning ozod qilinishi Kuraxovo garnizoni ta’minlanadigan ikkala avtomobil ko‘prigini nazorat qilish imkonini beradi.
Kuraxovo — DXRning g‘arbiy qismidagi shahar, Doneskdan 46 kilometr va Krasnoarmeyskdan (Pokrovsk) 30 kilometr janubda joylashgan. Bu muhim operatsion ahamiyatga ega. Bu Donbassning janubi-g‘arbiy qismidagi eng yirik aholi punkti bo‘lib, Ugledar ozod qilinganidan keyin Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida qolmoqda.
Kuraxovoning qo‘lga olinishi rus qo‘shinlariga DXRning g‘arbiy chegarasigacha oldinga siljish imkonini beradi.