Ish o‘rni va investitsiyani ko‘paytirish: Navoiy viloyati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Navoiy viloyati hokimi 2025-yilda tarmoq korxonalaridan tashqari 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 320 million dollar eksportni ta’minlash bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-dekabr kuni Navoiy viloyatida qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish, ish o‘rni va investitsiyani ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarining o‘tgan oyda viloyatga tashrifi chog‘ida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, qo‘shimcha imkoniyatlarni izlab topish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. Yig‘ilishda shu asosida tayyorlangan takliflar ko‘rib chiqildi.
Karmana tumanidagi kimyo texnoparkiga tutash yaylov yerda yangi sanoat korxonalarini joylashtirish mo‘ljallanmoqda. Infratuzilma va xomashyo borligi bois u yerda kelgusi yilning o‘zida kaolin, kvars, dioksid kremniy, mato bo‘yog‘i loyihalarini boshlash mumkin.
Xitoylik investorlar Xatirchi tumanida kvars va granitni qazib olish hamda qayta ishlash tashabbusini bildirgan. Konimex, Navbahor va Uchquduq tumanlarida joylashgan 11 ta foydali qazilma maydoni ham o‘zlashtirish uchun istiqbolli.
“Aydarko‘l” atrofidagi 150 gektarda mehmonxona va dam olish maskanlari barpo etilsa, 10 ming nafargacha sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan loyihalar amalga oshiriladi, 200 ta ish o‘rni yaratiladi.
Nurotaning Sentob, Xatirchining Langar va Angidon qishloqlarida 200 ta oilaviy mehmon uyi tashkil etilishi yiliga 600 mingga yaqin sayyohlarni jalb qilish, 500 nafar aholi bandligini ta’minlash imkonini beradi.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam zadeystvovaniya dopolnitelnix vozmojnostey Navoiyskoy oblasti, uvelicheniyu zanyatosti i narashivaniyu investitsiy
Bu yilning o‘tgan davrida viloyatda 111 ming aholi ishga joylashtirilgan. 2025-yilda 140 ming aholining bandligini ta’minlash, 10 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan.
Yig‘ilishda Navoiy viloyati hokimi shu kabi resurslarni ishga solish, 2025-yilda tarmoq korxonalaridan tashqari 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 320 million dollar eksportni ta’minlash bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam zadeystvovaniya dopolnitelnix vozmojnostey Navoiyskoy oblasti, uvelicheniyu zanyatosti i narashivaniyu investitsiy
Lekin bular viloyat salohiyati darajasida emasligi bois rejalarni qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Yangi loyihalarni ko‘proq Konimex, Nurota, Xatirchi va Tomdi tumanlarida joylashtirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Ishsiz aholini zamonaviy kasblarga o‘qitib, O‘zbekistonda va chet eldagi yuqori daromadli ishlarga joylashtirish vazifasi belgilandi. Iqtisodiy imkoniyatlari keng, shu bilan birga, aholisi nisbatan ko‘p bo‘lmagan Navoiy viloyatini ishsizlikdan xoli hududga aylantirish mumkinligi ta’kidlandi.
Navoiy viloyatining iqtisodiy rivojlanish masalalari muhokama qilindi