Shavkat Mirziyoyev Xo‘jakentga elektropoyezdda keldi

So‘nggi yillarda Toshkent atrofidagi temir yo‘l yo‘nalishlari elektrlashtirilib, poyezdlarni o‘tkazish imkoniyati 30 foizga oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni Xo‘jakentga yangi elektropoyezdda keldi.
"Vagonlar shinam va yorug‘, yo‘lovchilar uchun qulay. O‘rindiqlar soni 586 ta. Ma’lumot tablolari va yong‘in xavfsizligi tizimi o‘rnatilgan. Poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikka chiqa oladi. Har bir tarafga kuniga uchtadan qatnov yo‘lga qo‘yiladi", - deyiladi xabarda.
Prezident temir yo‘lga tutash maydonlarni obodonlashtirish, temir yo‘l chetlarini ko‘kalamzorlashtirish, kunlik ekspress poyezdlar qatnovini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jakentga elektropoyezdda keldi
“Toshkent – Xo‘jakent” yo‘nalishida elektropoyezd harakati 3-dekabr kuni yo‘lga qo‘yilgan edi. Bundan oldin barcha kerakli infratuzilma va temiryo‘l bekatlari ta’mirdan chiqqan edi.
Aytish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda temir yo‘l infratuzilmasi jadal rivojlantirildi. Xususan, 3 ming km temir yo‘llar elektrlashtirildi. Buxoro – Urganch –Xiva temir yo‘l tarmoqlarini elektrlashtirish yakuniy bosqichda. Miskin – Nukus yo‘nalishida jadal davom ettirilmoqda. Toshkent atrofida ham elektrlashgan yo‘l qurilib, poyezdlarni o‘tkazish imkoniyati 30 foizga oshdi.
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jakentga elektropoyezdda keldi