TOShKENT, 6 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumaniga tashrifi davomida ushbu yerda tashkil etilayotgan yangi turizm maskanida bo‘ldi.
Bu yerda kapsula shaklidagi uylardan iborat zamonaviy dam olish maskani barpo etilmoqda. Shuningdek, bu yerda restoranlar, dor yo‘llari va chang‘i uchish maydonlari bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev posetil dom otdixa s kapsulnimi domami
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Oynavand kapsula uylarning o‘ziga xos tomoni, ular yengil, ko‘chma, kamxarj. Katta qurilish qilinmasligi bois tabiatga ham ziyon yetkazmaydi, - deyiladi xabarda.
Prezident ushbu kabi uylarni Baxmal, Shahrisabz, Boysun kabi boshqa turizm maskanlarida ham o‘rnatish maqbul ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev "Chorvoq darvozasi" hamda "Ugam River" turizm majmualari qurilishi bilan tanishdi va “Ugam-1” kichik gidro elektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi.
V xode posesheniya Bostanlikskogo rayona glava nashego gosudarstva osmotrel maluyu gidroelektrostansiyu "Ugam-1"
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Xabarda aytilishiga ko‘ra, so‘nggi bir necha yil davomida Bo‘lstonliq tumaninning turizm salohiyati sezilarli oshgan. Xususan, 5-yil avval tumanda 2 240 o‘rinli dam olish maskanlari bo‘lgan bo‘lsa, bugun dam olish o‘rinlari soni 13 000 mingdan oshgan, 59 ta yirik turizm inshooti ishga tushirilgan.