TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Rossiya aviatsiyasi 6-dekabr kuni Qora dengizda Ukraina Qurolli kuchlarining oltita ekipajsiz katerini va ikkita dronini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi.
Zaporojye viloyatida Rossiya razvedkachilari Rabotino qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining yirik istehkomini aniqlab yo‘q qilishdi.
“U yerda Starlink sputnik aloqa tizimi va boshqa uskunalarning ko‘plab antennasi ko‘rinib turardi. Biz uning koordinatalarini artilleriyaga topshirdik. O‘sha tundayoq “Solnsepok” u joyni yo‘q qildi. Dushman hamma narsani tashlab qochdi. Aslida u yerda hech narsa omon qolmagan. “Solnsepok” juda samarali qurol", - deb aytib berdi chaqiruv belgisi “Beliy” bo‘lgan razvedkachi.
O‘tgan hafta davomida Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning 10 ta tankini, (jumladan, 2 ta “Leopard”) 51 ta zirhli mashinasini, 31ta to‘pini, 18 ta radioelektron kurash stansiyasini, 45 ta dala o‘q-dori omoborlari va 441 ta uchuvchisiz apparatlarini yo‘q qildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon Ukraina jami 649 ta samolyoti, 283 ta vertoloti, 37 354 ta uchuvchisiz apparati, 586 ta zenit-raketa tizimi, 19 685 ta tank va zirhli jangovar mashinasi, 1497 ta ko‘p raketali tizimi, 19 085 dala artilleriya quroli va minomoti, 29 061 dona maxsus harbiy mashinasidan mahrum bo‘ldi.