Avtomobil sanoati: mahalliylashtirish va eksport bo‘yicha vazifalar qo‘yildi

Hududiy korxonalar bilan kooperatsiya hajmini 2 karra oshirish vazifasi qo‘yildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. 2025-yilda “BYD” avtomobillarining 60 ta detalini mahalliylashtirish hisobiga elektromobil tannarxini pasaytirish mumkin. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan avtomobil sanoatida 2025-yil uchun ustuvor vazifalarga oid taqdimotda ta’kidlandi.
Taqdimotda prezident ko‘rsatmalari asosida takomillashtirilgan chora-tadbirlar bayon qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o prioritetnix zadachax v avtomobilnoy promishlennosti na 2025 god.
Ta’kidlanishicha, hozir yiliga 400 mingdan ziyod avtomobil sotilayapti. Aholi jon boshiga daromad oshayotgani bois bu tendensiya keyingi yillarda ham saqlanib qoladi. Bundan foydalanib, talabga yarasha mahsulot ishlab chiqariladi.
2025 yilda “BYD” avtomobillarining 60 ta detalini mahalliylashtirish hisobiga elektromobil tannarxini pasaytirish mumkin. Ushbu kompaniya rahbariyati ham O‘zbekistondagi tarmoq korxonalari salohiyatini yuqori baholagan. Shu bois Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi imkoniyatlarini ishga solib, hududiy korxonalar bilan kooperatsiya hajmini 2 karra oshirish vazifasi qo‘yildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o prioritetnix zadachax v avtomobilnoy promishlennosti na 2025 god.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o prioritetnix zadachax v avtomobilnoy promishlennosti na 2025 god.
Kelgusi yil eksportni 700 million dollardan oshirish maqsad qilingan. Shu bilan birga, Samarqanddagi avtobus va yuk transporti korxonalarini ham tashqi bozorlarga olib chiqish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Davlat rahbari tarmoqning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Zamon talablariga moslashib, ishlab chiqarishni barqaror qilish, marketing va sifat bo‘yicha har kuni izlanish zarurligi ta’kidlandi
Avtomobil bozori: elektromobil sotib olish ko‘rsatkichi rekord darajada o‘smoqda