TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun vositachilik say’-harakatlarni olqishlashga tayyor, dedi mamlakat prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novostiga.
“Biz vositachilik borasidagi barcha sa’y-harakatlarni olqishlashga tayyormiz”, — dedi u.
O‘tgan hafta Ostonadagi matbuot anjumanida prezident Vladimir Putin Rossiya Ukraina bilan avvalroq aytib o‘tgan shartlar bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyorligini tasdiqladi. Iyun oyida Rossiya davlat rahbari mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha tashabbuslar bilan chiqdi: Moskva zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatadi va Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning yangi hududlaridan olib chiqib ketilganidan keyin muzokaralarga tayyorligini e’lon qiladi.
Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev NATOga a’zo bo‘lish niyatidan voz kechishini e’lon qilishi, shuningdek, neytral, qo‘shilmaslik va yadrosiz maqomni qabul qilishi kerak. Rossiya rahbari Moskvaga qarshi sanksiyalarni ham bekor qilish zarurligiga ishora qildi.
Xorijiy OAVga ko‘ra, Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligini e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
“Rossiya bilan qariyb uch yillik jangovar harakatlardan charchagan Ukraina tinchlikka tayyorligini e’lon qilishni rejalashtirmoqda”, — deyiladi materialda.
Shuningdek, jurnalistlar manbalarga tayanib, Vladimir Zelenskiyning idorasi rahbari Andrey Yermak AQShning bo‘lajak prezidenti Donald Tramp jamoasi bilan aloqalarni o‘rnatish maqsadida Vashingtonga tashrif buyurganini ta’kidladi va Zelenskiy avvalroq NATOga qo‘shilish evaziga hududlardan voz kechish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini tan olganini eslatdi.