O‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashitov yilning eng yaxshi erkak taekvondochisi deb topildi

Sovrin sportchiga Gonkongda o‘tayotgan pumse bo‘yicha jahon chempionati arafasida topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashitov 2024-yil yakunlari bo‘yicha dunyoning eng yaxshi erkak taekvondochisi deb topildi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Taekvondo WT bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov joriy yil jahon miqyosida yilning eng yaxshi erkak taekvondochisi deb topildi.
Sovrin sportchiga Gonkongda o‘tayotgan pumse bo‘yicha jahon chempionati arafasida topshirildi.
O‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashitov 2024-yil yakunlari bo‘yicha dunyoning eng yaxshi erkak taekvondochisi deb topildi

“Ushbu nominatsiya g‘olibi butun dunyo bo‘yicha ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi. Quvonarlisi, bu o‘zbek taekvondochilarining jahon miqyosida ilk bor mana shunday nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishi bo‘ldi. Boisi shu paytgacha hech bir hamurtimiz Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan bunday e’tirofga sazovor bo‘lmagan edi”, — deyiladi xabarda.

Parij-2024: O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarini o‘z tarixidagi eng zo‘r natija bilan tugatdi
Matbuot markazi
Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Rashitov ishtirokida matbuot anjumani — video