O‘zbekiston va YeOII

Hi-tech iqtisodiyotga o‘tish nafaqat kerakli, balki zaruratga aylanib bormoqda — YeIK

Ostonada Markaziy Osiyoda texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari tarmog‘ini rivojlantirishga bag‘ishlangan mintaqaviy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Hi-tech iqtisodiyotga o‘tish nafaqat kerakli, balki zaruratga aylanib bormoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish departamenti direktori Yernar Bakenov ma’ulm qildi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati.
Ostona shahrida Markaziy Osiyoda texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari tarmog‘ini rivojlantirishga bag‘ishlangan mintaqaviy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar Yevroosiyo mintaqasi mamlakatlari texnoparklarida intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha intellektual mulk sohasidagi ishlarni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyiha muhokama qilishdi.

“Oxirgi yigirma yil ichida biz texnologiyaning jadal rivojlanishini kuzatdik, bu esa bizdan iqtisodiy rivojlanishga yondashuvni tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Hi-tech iqtisodiyotga o‘tish nafaqat kerakli, balki zaruratga aylanib bormoqda”, — dedi Yernar Bakenov.

Yig‘ilish ishtirokchilarining fikricha, huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot, ixtirochilik va innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoit yaratish asosiy vazifalardandir.
Bu jarayonda ixtirochilarning barcha YeOII mamlakatlarida yaratilgan texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari mahalliy ma’lumotlar bazalarida saqlanadigan yuqori sifatli texnik ma’lumotlarga kirishi katta rol o‘ynaydi.
Yernar Bakenov ilg‘or xalqaro amaliyot va bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan intellektual mulk sohasida tahliliy sharh tayyorlash haqida gapirdi.
Shuningdek, u 2024-yilda joriy etilgan YeOIIda sanoat kooperatsiyasiga moliyaviy yordam ko‘rsatish mexanizmi haqida ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi. Qayd etilishicha, ushbu vosita iqtisodiyotning real sektorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar bo‘yicha foiz stavkasini subsidiyalashni o‘z ichiga oladi. Yernar Bakenovning so‘zlariga ko‘ra, bunday loyihalarni amalga oshirish yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish, o‘zaro savdo va investitsiya hajmini oshirish, eksportni faollashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII davlatlari umumiy birja makonini yaratmoqchi